"Real Sosiyedad" penaltilarda “Atletiko”ni yengib kubokni qo‘lga kiritdi

Ispaniya Qirol kubogi finali doirasida “Atletiko” hamda «Real Sosiyedad» jamoalari o‘rtasida o‘ta keskin va dramatik bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Asosiy vaqt davomida jamoalar muvozanatli o‘yin namoyish etib, hisob 2:2 ko‘rinishida yakunlandi. Qo‘shimcha taymning ikkala bo‘limida ham darvozalar ishg‘ol etilmadi va g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi.
Hal qiluvchi lotereyada omad «Real Sosiyedad» tomonida bo‘ldi va ular 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, Ispaniya Qirol kubogini qo‘lga kiritdi.
Final o‘yinida gollarni Lukman (18-daqiqa) va Alvares (83-daqiqa) “Atletiko” uchun kiritdi. «Real Sosiyedad» safida esa Barrenthea (1-daqiqa) hamda Oyarsabal (45+1, penalti) muvozanatni tikladi.
Ispaniya kubogi. Final
Atletiko – Real Sosiyedad 2:2 (penaltilar: 3:4)
Gollar: Lukman 18, Alvares 83 – Barrenthea 1, Oyarsabal 45+1 penalti.
Atletiko tarkibi: Musso, Molina (Kardoso 78), Pubil, Le Norman, Rujjeri, Simeone (Baena 70), Lyorente (Lengle 99), Koke, Lukman, Alvares, Grizmann (Almada 70).
Real Sosiyedad tarkibi: Marrero, Aramburu, Martin, Kaleta-Kar, Gomes, Turriyentes, Soler, Barrenthea (Marin 68), Suchich, Gedesh (Munos 78), Oyarsabal (Oskarsson 78).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!