Laport: "Biz Ronaldu bilan eng yaqin do'st emasmiz"

Sobiq "Al-Nasr" futbolchisi Emerik Laport Krishtianu Ronaldu bilan aloqalar haqida gapirdi. Ispaniyalik futbolchi sentyabr boshida Saudiya klubini tark etib, "Atletik Bilbao" jamoasiga qaytdi.
"Biz Ronaldu bilan mening ketishimdan oldin bir oz suhbatlashdik, lekin shundan keyin deyarli bog'lanmadik. Biz eng yaxshi do'st emasmiz, har kuni muloqot qilmaymiz va hamma narsani bir-birimizga aytmaymiz.
Ammo zarurat tug'ilsa, men har doim Krishtianu bilan bog'lanishim mumkin. Bizda bir-birimizning telefon raqamlarimiz bor, hech qanday muammo yo'q," – dedi 31 yoshli himoyachi "Al Nassr Zone"ga bergan intervyusida.
Emerik Laport Saudiya Arabistonida ikki yil faoliyat olib borgan. Krishtianu Ronaldu esa 2023 yil boshidan beri "Al-Nasr" sharafini himoya qilmoqda.