Luis Dias Hakimiga tezda tiklanishni tiladi

Luis Dias Hakimiga tezda tiklanishni tiladi
Bavariyaning kolumbiyalik futbolchisi Luis Dias PSJga qarshi o‘yinda Ashraf Hakimining jarohat olishidan afsusda ekanligini bildirdi. Ushbu uchrashuvda Dias qoidani buzib, qizil kartochka oldi va Hakimi maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Dias o‘z ijtimoiy tarmoqlarida: "Men o‘yin oxirigacha qatnasha olmaganimdan afsusdaman, lekin g‘alabadan faxrlanaman. Hakimiga tezda sog‘ayib maydonga qaytishni tilayman", - deya yozib qoldirdi.

Shu bilan birga, Myunxenning "Bavariya" klubi Chempionlar Ligasining saralash bosqichida birinchi o‘rinda bormoqda. Amaldagi chempion "PSJ" esa beshinchi o‘ringa tushib qolgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar