
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Borussiya” ustidan 4:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. U o‘yinning dastlabki daqiqalarida jamoaning yomon o‘yinini qayd etdi.
"Biz bir necha kun avval o‘yin o‘tkazgan edik, “Borussiya” esa doim kuchli raqib bo‘lgan. Dastlabki 15 daqiqada biz qaerda ekanligimizni anglab yetolmadik.
Shundan so‘ng bir-ikki uzoq hujum uyushtirdik, chiziqlarni yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldik va o‘yinimiz yaxshilandi. O‘z darvozamizga gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin oson bo‘lmadi, chunki raqib oldingi chiziqda 5-6-7 nafar futbolchi bilan o‘ynadi.
Ular tezkor o‘yin ko‘rsatishdi, ammo Diyash himoyaga kelib qo‘shilganidan keyin qanotlarda o‘yinimiz yaxshilandi va o‘yinni yaxshi yakunladik. Futbolchilarimga katta rahmat va hurmat.
Hozirda biz yaxshi pozitsiyadamiz. Agar “Bayer” va boshqa ba’zi raqiblarni mag‘lub eta olsak, umumiy bosqichni kuchli 8 talikda yakunlashimiz mumkin», – dedi Gvardiola TNT Sports nashriga.
Keyingi o‘yinni “Manchester Siti” 9-noyabr kuni APL doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.