FIFA talqiniga ko‘ra «Lester»ni Angliya chempionligi sari yetaklab kelgan Klaudio Ranyeri 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi

FIFA talqiniga ko‘ra «Lester»ni Angliya chempionligi sari yetaklab kelgan Klaudio Ranyeri 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi
FIFA talqiniga ko‘ra «Lester»ni Angliya chempionligi sari etaklab kelgan Klaudio Raneri 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi

Italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri FIFA talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi nomini qo‘lga kiritdi. «Lester»ni Angliya chempionligi sari boshlab kelgani bunga asosiy sababdir.

Eng yaxshilarni aniqlashda FIFA nafaqat terma jamoa murabbiylari va sardorlarining, balki sport jurnalistlari va muxlislarning ovozini ham inobatga olgandi. Ovoz berish yakunlarida har bir guruhning ulushi 25 foizni tashkil etib, teng huquqda ko‘rilgani e’tiborga molik.

Ranyeriga «Real» klubi ustozi Zinedin Zidan hamda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush raqobatchilik qilgandi. Zidan boshqarayotgan jamoa 2016 yilda 3 ta musobaqani yutib olgandi: Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Fernandu Santush boshqarib borgan Portugaliya terma jamoasi esa Yevro—2016 chempionligini tantana qilgandi.

Klaudio Ranyeriga FIFA sovrinini afsonaviy futbolchi Diego Armando Maradona topshirdi.
FIFA talqiniga ko‘ra «Lester»ni Angliya chempionligi sari yetaklab kelgan Klaudio Ranyeri 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar