
Praganing "Slaviya" jamoasi bosh murabbiyi Indrjix Trpishovski Angliya Premer-ligasi (APL) klublarining qiziqishlar markazida. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.
Manbalarga ko'ra, Angliya futbol jamoalari 49 yoshli chex mutaxassisining total pressingga asoslangan o'yin uslubidan hayratda qolgan. Trpishovski va "Slaviya" o'rtasidagi mehnat shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
Shu sababli turli jamoalar murabbiyning kelajagi bilan bog'liq voqealarni yaqindan kuzatib bormoqda. Hozirgi vaqtda "Slaviya" Chexiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Jamoa 14 turdan so'ng 30 ochko to'plagan va hali birorta ham mag'lubiyatga uchramagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar