Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasini tark etdi

Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasini tark etdi
Oktyabr oyi boshida O‘zbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyligiga mashhur italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro tayinlangan edi. Sobiq bosh murabbiy Temur Kapadze esa Fabio Kannavaroning yordamchisi sifatida faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan edi.

OAV xabarlariga ko‘ra, Kapadzening bu lavozimda uzoq muddat qolishi kutilmagandi. U Kannavaroga o‘zbek futboliga moslashishda va muhim jihatlarni tushunishda yordam berishi kerak edi.

Bugun, 9-noyabr kuni insayderlar Kapadzening terma jamoani rasman tark etgani haqida xabar berishdi. Ma’lum qilinishicha, mutaxassis jamoani tark etib, yaqin kunlarda xorijiy mamlakatlardan birining terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar