date

Selta – Barselona: Kutilayotgan tarkiblar


Ispaniya chempionatining 12-turida ikkinchi oʻrinda borayotgan “Barselona” safarda “Selta” Vigo jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu oʻyin uchun taxmin qilinayotgan asosiy tarkiblar quyidagicha: "Selta": Villar (darvozabon), Karreyra, Markos Alonso, Starfelt, Manu Fernandes, Mingesa, Moriba, Sotelo, Saragosa, Iglesias, Jutgla.

"Barselona": Shchesni (darvozabon), Balde, Kubarsi, Araujo, Kunde, de Yong, Kasado, Reshford, Fermin Lopes, Yamal, Ferran Torres. "Selta" safida Xavi Rueda, Ugo Alvares va Villiyott Svedberg jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi.

Ionuts Radu ishtiroki esa savol ostida. "Barselona" esa Joʻan Garsiya, Mark-Andre ter Shtegen (darvozabonlar), Andreas Kristensen, Erik Garsiya, Pedri, Gavi va Rafinya Dias kabi futbolchilarni safdan yoʻqotgan.

Primera oʻtgan turida "Selta" "Levante"ni 2:1 hisobida magʻlub etdi, "Barselona" esa "Elche" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Shundan soʻng, Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" "Bryugge" bilan 3:3 hisobida durang oʻynadi.

Mazkur uchrashuv bugun, 9-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da "Balaidos" stadionida boshlanadi. "Selta" – "Barselona" oʻyinini jonli matnli translyatsiyada kuzatib boring.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Selta – Barselona: Kutilayotgan tarkiblar