
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Moldovaga (13-noyabr) va Norvegiyaga (16-noyabr) qarshi o‘ta muhim o‘yinlarda futbolchilardan maksimal ishtirokni talab qildi. Italiya terma jamoasining pley-off bosqichiga yo‘llanmasi deyarli kafolatlangan bo‘lsa-da, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga yo‘llanma olish imkoniyati hamon mavjud.
"Bu yetti kunlik sayr bo‘lmaydi. Men Italiya terma jamoasi futbolkasini kiygan har bir futbolchidan maksimal darajada ishtirokni ko‘rishni xohlayman.
Biz hozirda o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz kerak, Norvegiya haqida emas", - dedi Gattuzo pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi oxirgi ikki Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.