
Liverpulning tayanch yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Barselonaga o'tishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli yarim himoyachi Barselona skautlarining eʼtiborini tortgan va u o'zining ajoyib o'yinlari bilan ularda qiziqish uyg'otmoqda. Maʼlum qilinishicha, "ko'k-anorranglilar" gollandiyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun bir nechta o'yinchilarni sotishga ham tayyor.
O'z navbatida, Gravenberxning o'zi ham Barselonaga o'tish imkoniyatini rad etmayotgani maʼlum qilindi. Shuningdek, Madridning "Real" jamoasi ham ushbu futbolchiga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Gravenberx barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing