date

Barselona sobiq futbolchisi firibgarlikda gumon qilinmoqda


Barselonaning sobiq yarim himoyachisi va Ispaniya terma jamoasi a'zosi Andres Inyesta firibgarlik sxemalarida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" afsonasi Peru prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Inyestaning ishtiroki tufayli bir necha tadbirkorlar 600 ming dollardan ortiq zarar ko'rgan.

Uning obroʻsi sport va musiqiy shoularni moliyalashtirish uchun tadbirkorlarni ishontirishda ishlatilgan, biroq shoularning aksariyati o'tkazilmagan. Andres Inyesta futbolchi sifatida faoliyatining asosiy qismini "Barselona"da o'tkazgan.

Keyinchalik u "Vissel Kobe" va "Emirates" jamoalarida ham o'ynagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona sobiq futbolchisi firibgarlikda gumon qilinmoqda