date

Kioun: "Dyokers Arsenal uchun muhim futbolchi"


Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Martin Kioun shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokers haqida o'z fikrini bildirdi. Shvetsiyalik futbolchi "to'pchilar"ning so'nggi ikki uchrashuvini jarohati sabab o'tkazib yubordi.

Xalqaro tanaffusdan oldingi so'nggi o'yinda Mikel Artetaning jamoasi "Sanderlend" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. "Hozir hammasi joyida, jamoa APL va Chempionlar ligasida yetakchilik qilmoqda.

Ammo biz g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. Muhimi, barcha futbolchilar safda bo'lishi lozim, ammo bu borada muammolar bor.

Asosiy qiyinchiliklardan biri — Dyokersning yo'qligi. Ha, u Holand darajasidagi hujumchi emas, lekin "Arsenal" uchun juda muhim futbolchi.

Umid qilamanki, jarohatlangan futbolchilar yaqin orada maydonga qaytadi", — deydi Kioun "Arsenal News Channel"ga bergan intervyusida. 23-noyabr kuni "Arsenal"ning navbatdagi raqibi "Tottenhem" bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Kioun: "Dyokers Arsenal uchun muhim futbolchi"