Kroos: "Bavariya raqobatsiz, hammasi hal boʻlgan"

Kroos: "Bavariya raqobatsiz, hammasi hal boʻlgan"
Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos joriy mavsumda Vensan Kompani shogirdlariga raqobatchi yoʻqligini aytdi. Hatto oʻtgan dam olish kunlari "Bavariya" birinchi bor ochko yoʻqotganiga qaramay, Kroos chempionlik taqdiri allaqachon hal boʻlgan deb hisoblaydi.

"Afsuski, bu chempionat hissiyotli yoki qiziqarli boʻlmaydi. "Bavariya" juda kuchli va men ularga raqobatchi koʻrmayapman.

"Bayer" sezilarli oʻzgardi, "Borussiya" barqaror emas, "RB Leyptsig" ham shunday", - dedi Kroos derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Toni Kroos 2007-2014 yillarda Myunxen klubi safida toʻp surgan va keyinchalik Madridning "Real" jamoasiga oʻtgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar