2016 yili O‘zbekiston bo‘yicha 2015 yilga nisbatan uch barobar ko‘proq, ya’ni 67 ming tonnadan ziyod mosh eksport qilindi.
Jumladan, “O‘zagroeksport” AJ hamda “Shri Niwas Dall And Besan Mill”, “Green Field Agro”, “Avika Foods” va “Eco Green Import&Export” kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida Hindistonga 2016 yil to‘rtinchi choragidan boshlab mosh mahsuloti eksport qilinmoqda.
Mahsulot asosan Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan yuklanmoqda.
2017 yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “O‘zagroeksport” AJ tomonidan Hindistonga jami 300 tonnaga yaqin mosh mahsuloti eksportga yuklangan bo‘lib, oy oxirigacha yana 2 ming tonna moshni eksport qilish buyurtmasi ustida ish olib borilmoqda.
Hindistondagi hamkorlar taklifiga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonning turli hududlariga sinov tariqasida moshning yangi navlari, xususan, “Black Matpe” navi ekilib, eksport qilinishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi