date

Gvardiola oʻrniga uch nomzod ko'rsatilmoqda


Xosep Gvardiola kelasi yili "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Uning shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha amalda, lekin bu yozda ketish uchun qulay fursat bo'lishi ehtimoli bor, chunki jamoa tarkibi shakllangan va Gvardiola oʻn yillik faoliyati davomida barcha mumkin boʻlgan sovrinlarni qoʻlga kiritgan.

The Times nashriga koʻra, Gvardiola ketish holatida "Manchester Siti" uchun yangi murabbiyni tanlashda maslahat berishga tayyor, ammo yakuniy qarorni klubning direktorlar kengashi qabul qiladi. Manbalarga koʻra, hozirda klub ichida sobiq sardor Vensan Kompani katta qo'llab-quvvatlovga ega.

U ayni paytda "Bavariya"da muvaffaqiyatli ishlamoqda va yaqin orada shartnomasini 2029-yil o'rtasigacha uzaytirdi. Shuningdek, "Marsel" bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi va "Bornmut" klubi ustozi Andoni Iraola ham "shaharliklar" eʼtiborini tortgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola oʻrniga uch nomzod ko'rsatilmoqda