date

Ederson "Manchester Siti"ni tark etish sababini tushuntirdi


Fenerbaxche darvozaboni Ederson Moraes "Manchester Siti"ni tark etish sabablarini ochiqladi. Darvozabonning fikriga ko‘ra, har qanday davr bir kun tugaydi va u sakkiz yil davomida bir jamoada o‘ynagach, yangi muhitga ehtiyoj sezgan.

"Fenerbaxche"dan taklif bo‘lgach, men uni qabul qildim. O‘tgan mavsumda ham jamoani tark etishga harakat qilgandim, ammo bu amalga oshmadi.

Menga bu o‘zgarishlar juda zarur edi. Agar katta va g‘olib jamoada o‘ynayotgan bo‘lsangiz ham, baxtli bo‘lmasangiz, bunday o‘yin foydasiz", — dedi futbolchi Goal nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, Ederson so‘nggi paytlarda uni qiynab kelayotgan jarohatlar haqida ham gapirdi, bu holatlar uning to‘liq kuch bilan o‘ynashiga to‘sqinlik qilgan. Hozirda darvozabonning Turkiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

32 yoshli darvozabonning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ederson "Manchester Siti"ni tark etish sababini tushuntirdi