date

Ronaldu uchun soʻnggi jahon chempionati boʻlishi mumkin


Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati futbolchi Krishtianu Ronaldu uchun soʻnggisi boʻlishi mumkinligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan musobaqada "Al-Nasr" hujumchisi 41 yoshda boʻladi.

Ronaldu oʻzi ham bu chempionat uning faoliyatidagi soʻnggisi boʻlishini tasdiqlagan. "Bu sababli oʻzimda qoʻshimcha masʼuliyatni his qilayapmanmi?

Biz hozir Irlandiya va Armaniston bilan oʻyinlarga eʼtibor qaratganmiz. Jahon chempionati-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun bu oʻyinlarda gʻalaba qozonishimiz kerak.

Bu faqat Ronaldu uchun soʻnggi jahon chempionati boʻlgani emas, balki uning faoliyatidagi barcha mundiallar ham muhim ahamiyatga ega", – dedi Martines matbuot anjumanida. Portugaliya terma jamoasi Irlandiya bilan 13-noyabrda, Armaniston bilan esa 16-noyabrda saralash guruhidagi soʻnggi oʻyinlarini oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu uchun soʻnggi jahon chempionati boʻlishi mumkin