
Al-Nasr klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi mavqei haqida fikr bildirdi. 40 yoshli hujumchi o'zini milliy jamoaning asosiy tarkibining "teginilmas" o'yinchisi deb hisoblamasligini aytdi.
"Hech kimning tarkibdagi o'rni kafolatlanmagan. Barchasi faqat ko'rsatgan natijalar va joriy sport formasi bilan bog'liq.
Men asosiy tarkibga kiritilganda ishonchni oqlashga, maydon tashqarisida esa jamoaga yordam berishga intilaman. Statistikalar o'z-o'zidan gapiradi.
Men juda xursandman, Roberto Martines bilan yaxshi munosabatdaman va shu ruhda davom etishni xohlayman. Saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashimiz kerak, bizda ijobiy kayfiyat bor", – dedi Ronaldu Al Nassr Zone nashriga bergan intervyusida.
Bugun Portugaliya milliy jamoasi Irlandiya bilan bellashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.