date

Riviera: "Milan haqida gaplashish uchun hali vaqt bor"


Italiyalik sobiq futbolchi Janni Riviera o'z hayotining qariyb yigirma yilini "Milan" klubiga bag'ishlagan. U nafaqat futbolchi, balki klub ma'muriyati a'zosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Yevroparlament deputati bo'lishga ham ulgurgan. Jurnalistlar undan "Milan"ning yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri kelganidan keyingi holati haqida so'rashdi.

Rivieraning so'zlariga ko'ra, u klubning hozirgi rahbariyati bilan kelishmovchiliklar sabab klub ichidagi vaziyat haqida unchalik ma'lumotga ega emas. "Shu sababli o'z fikrlarimni o'zimda saqlashni afzal ko'raman.

Allegri haqida gaplashishga hali erta, maqsadlar amalga oshgandan keyin bu haqda so'zlashimiz mumkin. Xuddi shu gap Gattuzo haqida ham aytilishi mumkin.

Demak, kutamiz!" – dedi Riviera pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Janni Riviera "Milan" safida 1960 yildan 1979 yilgacha faoliyat olib borgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riviera: "Milan haqida gaplashish uchun hali vaqt bor"