Bavariya Grimaldoga qiziqish bildirmoqda

Bavariya Grimaldoga qiziqish bildirmoqda
Leverkuzenning "Bayer" klubi himoyachisi Alejandro Grimaldo "Bavariya"ning diqqat markaziga tushdi. Bu haqda Kicker nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Myunxen klubi ispaniyalik futbolchini yaqindan kuzatib bormoqda. Kutilishicha, "Bavariya" yaqin transfer oynasida Grimaldo uchun "Bayer"ga rasmiy taklif bilan chiqadi.

Joriy mavsumda 30 yoshli himoyachi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Grimaldoning "Bayer" bilan shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million yevro deb baholadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar