
Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi yakuniy pallaga yaqinlashayotgan bir paytda, 5-bosqichning ilk o‘yini barcha futbol muxlislarning diqqat markaziga aylandi. Chunki aynan shu bosqichdagi natijalar qit’amizdan mundialga chiqishi mumkin bo‘lgan so‘nggi jamoani belgilab berishi mumkin.
Abu-Dabida joylashgan «Muhammad bin Zayd» stadionida BAA va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi juda keskin va murakkab o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bu bellashuvda har ikki jamoa uchun ham natija juda muhim edi, chunki ular 0,5 ta yo‘llanma uchun kurashmoqda. Ya’ni, bu bosqich g‘olibi qit’alararo pley-offga yo‘llanib, o‘sha o‘rinda jahon chempionatiga chiqa olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Uchrashuv dastlab BAA jamoasi tomonidan faol boshlandi. 18-daqiqada Luan Pereyra jarima maydoni yaqinida paydo bo‘lgan imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Uning zarbasi aniq chiqqanidan keyin stadion bir necha daqiqa davomida hayqiriqqa to‘ldi.
Biroq Iroq termasi javob qaytarish uchun uzoq kutib o‘tirmadi. Oradan besh daqiqa o‘tib, 23-daqiqada Al Hamadi jiddiy ustunlik bilan darvoza tomon zarba berdi va natijada hisob 1:1 ko‘rinishini oldi. Bu gol o‘yindagi intrigani yanada oshirib, har ikki tomonni yanada faol harakat qilishga undadi.
Ikkinchi taymda jamoalar bir qator almashtirishlar o‘tkazdi. BAA safida Kayo Lukas, Bruno, Solih kabi o‘yinchilar maydonga tushirildi, o‘z navbatida Iroq tarkibida Abdulkarim, Iqbol va Karim kabi futbolchilar o‘yinga qo‘shildi. Biroq barcha harakatlarga qaramay, hisob o‘zgarmadi. Oydin o‘yin, to‘qnashuvlar, tezlik — barchasi bor edi, biroq gollar qaytmadi.
Uchrashuvning yagona ogohlantirilishi 71-daqiqada iroqlik Sherga berildi. Bellashuv ohirigacha juda ta’sirli va qo‘pol o‘yinlar bilan davom etdi, ammo muvozanat buzilmadi.
JCH-2026 saralashi. Osiyo. 5-bosqich
BAA — Iroq 1:1
13 noyabr. Abu-Dabi. «Muhammad bin Zayd Stedium»
Gollar: Luan Pereyra (18) — Al Hamadi (23).
BAA — Eysa, Meloni (Rabi, 85), Pimenta, Zuhir, Amaral, Luan Pereyra (Solih, 64), Nodir, Ramazon (Bruno, 64), Odil (Kayo Kanedo, 89), Ximenes, Suhayl (Kayo Lukas, 46).
Iroq — Hoshim, Ali, Hoshim, Tahsin, Doski, Sher (Iqbol, 79), Jassim (Abdulkarim, 72), Al Ammari, Farji, Al Hamadi (Husayn, 46), Meme (Karim, 79).
Ogohlantirish: Sher (71).
Endi qaytish o‘yini 18-noyabr kuni Iroq maydonida bo‘lib o‘tadi. Bu bahsda bosim, mas’uliyat va intizorlik yanada yuqori bo‘ladi. Chunki aynan shu o‘yin qit’alararo pley-offda qaysi jamoa ishtirok etishini belgilab beradi.
Har ikki jamoa ham mundialga chiqish orzusi bilan yashayapti va qaysi biri bu yo‘lni oxirigacha bosib o‘tishi muxlislar uchun juda qiziq. Kelasi o‘yin nafaqat natija, balki dramatik lahzalarga boy bo‘lishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.