date

Ruben Neves Portugaliya magʻlubiyati haqida gapirdi

Ruben Neves Portugaliya magʻlubiyati haqida gapirdi
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Neves JCh-2026 saralash bosqichida Irlandiyaga qarshi oʻyindan (0:2) keyin jurnalistlarga intervyu berdi. Portugaliyaliklar safar oʻyini oldidan yaqqol favorit hisoblangan edi, ammo bu safar omad ularga kulib boqmagan.

Uchrashuvda Irlandiya hujumchisi Troy Parrott dubl qayd etdi. Shuningdek, mehmonlar sardori Krishtianu Ronaldu 61-daqiqada maydondan chetlatildi.

"Bu juda qiyin oʻyin boʻldi. Biz Irlandiyada oʻynash oson boʻlmasligini bilardik, lekin vaziyat kutilganidan ham murakkabroq boʻlib chiqdi.

Biz paslarda xatolarga yoʻl qoʻydik, standart vaziyatlarda yomon harakat qildik, ayniqsa birinchi boʻlimda. Irlandiyaliklarning uzatmalariga qarshi qanday oʻynashni bilmadik va bu ortiqcha vahimaga sabab boʻldi", – dedi Neves intervyusida.

Yakshanba kuni Portugaliya oʻz maydonida Armaniston bilan soʻnggi tur uchrashuvini oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ruben Neves Portugaliya magʻlubiyati haqida gapirdi