date

Arab safarlari Habibni oktagondan uzoqlashtirdimi?

Arab safarlari Habibni oktagondan uzoqlashtirdimi?

UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, yengil vaznning sobiq qirolini sportdan chetlatgan asosiy omillardan biri — uning Yaqin Sharqda qo‘lga kiritgan ulkan daromadlari bo‘lgan.

Uaytning ta’kidlashicha, Habib musulmon mamlakatlariga — Saudiya Arabistoni, Abu-Dabi va Qatarga qilgan safarlarida shunchalik katta mablag‘ ishlaganki, endi oktagonga chiqishga ehtiyoj qolmagan.

“Musulmon jahon chempioni paydo bo‘ldi, lekin u islom dunyosi bo‘ylab safarga chiqib ulkan pul ishladi. Ular Habibni pulga go‘yo 'ko‘mib' tashlashdi. Shuncha mablag‘ oldiki, jang qilishga motivatsiyasi qolmadi. Keyin esa otasining vafoti ham uning bu yo‘ldan chekinish xohishini kuchaytirdi”, — deydi UFC rahbari Prince Street Pizza tarmog‘iga bergan intervyusida.

Ma’lumki, Nurmagomedov 2020 yil oktyabrda o‘zining so‘nggi jangini o‘tkazgan. 32 yoshda bo‘lishiga qaramay, ko‘plab ekspertlar uni sport formasining eng yuqori nuqtasiga yetgan edi, deb baholagan. UFC rahbariyati bir necha oy davomida unga yana bir jang o‘tkazishni taklif qildi, ammo Habib qarorini o‘zgartirmadi.

2021 yil mart oyida Dana Uayt rasman Nurmagomedovning faoliyati yakunlanganini va shu bilan yengil vazn toifasidagi unga tegishli kamar bo‘sh qolganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arab safarlari Habibni oktagondan uzoqlashtirdimi?