
Rossiyalik mutaxassis Igor Shalimov Valeriy Karpin boshchiligidagi terma jamoaning noyabr o‘yinlari natijalarini tahlil qildi. Terma jamoa dastlab Peru bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, so‘ngra Sochida Chilidan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shalimovning ta’kidlashicha, raqiblar bu o‘yinlarga eng yaxshi sport formalarida kelib, maksimal darajada o‘ynashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solganida, ko‘proq natijaga erishgan bo‘lishi mumkin edi, ammo jamoa eng yaxshi o‘yinini namoyish qila olmadi.
"So‘nggi uch yil davomida biz xuddi shunday raqiblarga qarshi o‘ynab kelyapmiz. Ha, bu qiziqarli o‘yinlar bo‘ldi.
Agar biz maksimal darajada o‘ynaganimizda, ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozongan bo‘lardik", - dedi Shalimov "Match TV" efirida. Chilidan uchralgan mag‘lubiyat Rossiya terma jamoasining mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 23 o‘yinda to‘xtatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.