Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Xeysenning jarohatini izohladi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xeysenning jarohati haqida fikr bildirdi. 20 yoshli futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tgan va ispanlar foydasiga 4:0 hisobida yakunlangan Gruziyaga qarshi o‘yinda qatnasha olmadi.
"Bugun Xeysen yengil noqulaylik sezdi. Bizning vazifamiz futbolchilarimizga g‘amxo‘rlik qilishdir.
Biz "Real"ning tibbiyot shtabi bilan yaqindan hamkorlik qilamiz va bu qaror birgalikda qabul qilindi", – deydi de la Fuente o‘yindan keyingi matbuot anjumanida. Kelasi seshanba kuni "Qizil furiya" jamoasi o‘z maydonida Turkiya terma jamoasini qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing