date

Moskera: "Arteta bilan suhbatdan keyin hammasi aniq bo'ldi"

Moskera: "Arteta bilan suhbatdan keyin hammasi aniq bo'ldi"
Londonning "Arsenal" futbol klubi markaziy himoyachisi Kristian Moskera jamoaga qanday o'tgani haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ispaniyalik futbolchi joriy yilning iyul oyida "Valensiya"dan 15 million yevro evaziga "kanonirlar" safiga qo'shilgan edi.

"Men har doim Angliya Premer-ligasini kuzatib borganman va Angliyada mening jamoam "Arsenal" bo'lgan. Bu klubda o'ziga xos bir aura borligini his qilardim.

Transfer amalga oshishidan oldin, atrofimdagi bir kishi: "Arteta bilan suhbatdan keyin hech qanday shubhang qolmaydi", degan edi. Aynan shunday bo'ldi.

Mikel bilan gaplashgan zahoti hammasi aniq bo'lib qoldi. U futbol bilan yashaydi, detallarga e'tiborli va boshqalarga ko'rinmaydigan narsalarni payqaydi.

U ajoyib inson va menga juda katta yordam berdi. Men ajoyib bir klubga tushib qoldim," – dedi Moskera "Arsenal News Channel"ga bergan intervyusida.

21 yoshli futbolchi hozirga qadar londonliklar safida barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Moskera: "Arteta bilan suhbatdan keyin hammasi aniq bo'ldi"