
Albaniyalik hujumchi Armando Broya milliy terma jamoaning Angliya bilan oʻyinida maydonni jarohat tufayli tark etishga majbur boʻldi. U atigi chorak soat ham oʻynamay, almashtirildi.
Jarohat oddiy choʻzilib ketish emas, balki ancha jiddiyroq — oldindan taxminlarga koʻra, tizza boʻgʻimi kesishgan paylarining shikastlanishi ehtimoli bor. Bu esa Angliyaning "Byornli" klubi hujumchisini bir necha oy davomida yoʻqotishi mumkinligini anglatadi.
Bungacha Broya "Chelsi" safida oʻynagan va 2022-yilda ham aynan kesishgan paylaridan jarohat olgan edi. Hujumchi maydonni koʻz yoshlar bilan tark etdi, bu vaziyatning jiddiyligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bu holat uning oʻyin faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi ehtimoldan xoli emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.