date

Prandelli Pio'li ishdan bo'shatilishini izohladi


Stefano Pio'lining Italiya chempionatiga qaytishi kutilganidek muvaffaqiyatli bo'lmadi – u "Fiorentina" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. Florensiya klubining sobiq murabbiyi Chezare Prandelli Pio'lini himoya qildi.

U yuzaga kelgan vaziyatda murabbiyning emas, balki futbolchilarning aybi ko'proq ekanini ta'kidladi. "Men Pio'li 'Fiorentina' uchun to'g'ri tanlov deb o'ylagandim.

Ammo klubda muammo bor – tegishli tuzilma yo'q. Agar siz murabbiyga investitsiya qilgan bo'lsangiz, unga vaqt berish kerak.

Pio'li yagona javobgar bo'lmasligi kerak. Men futbolchilarni ko'rmoqdaman, ular talablarni bajarishmayapti va yomon natijalar uchun javobgarlikni o'z zimmalariga olishni istashmayapti", – dedi Prandelli pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

"Fiorentina" hozirda A Seriyada oxirgi o'rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Prandelli Pio'li ishdan bo'shatilishini izohladi