date

Maldini: "Pioliga achinaman, Florensiyada ishlash qiyin"


Italiya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq himoyachisi Paolo Maldini Shtafano Piolini "Fiorentina"dan isteʼfoga chiqarilishi munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirdi. Maldini va Pioli avval "Milan"da birgalikda muvaffaqiyatli ishlashgan va Paolo, Piolining Florensiyada ishlar yurishmagani uchun chin dildan afsuslanishini aytdi.

Maldini Florensiyani "ishlash uchun qiyin joy" deb taʼrifladi. "Menga juda achinarli.

Balki xorijda ishlagandan keyin Italiya futboliga qaytish biroz qiyin boʻlgandir. Florensiya ham ishlash uchun murakkab joy, lekin men u yerda hammasi yaxshi boʻladi deb umid qilgandim," - dedi Maldini pianetamilan.it nashriga.

Eslatib oʻtamiz, Shtafano Pioli "Milan" bosh murabbiyi sifatida 2019 yildan 2024 yilgacha faoliyat yuritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maldini: "Pioliga achinaman, Florensiyada ishlash qiyin"