
Paolo Maldini, "Milan" klubining afsonaviy sobiq himoyachisi, "Ikkinchi Maldini yoʻq va uni izlashning hojati yoʻq", deya taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, faoliyatining boshida uni otasi Chezare bilan doimiy ravishda taqqoslashlar katta qiyinchiliklar tugʻdirgan.
"Taqqoslashlar hech kimga yordam bermaydi, aksincha, zarar keltiradi. Har bir insonga oʻzini oʻzi namoyon qilish imkonini bering.
Men buni juda yaxshi tushunaman, chunki meni doim otam bilan, keyin esa Kabri bilan taqqoslashardi. Bu esa faqatgina faoliyatimga xalaqit berardi", - dedi Maldini pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Paolo Maldini oʻzining butun futbolchilik faoliyatini "Milan"da oʻtkazgan va 2009-yilda butsilarini mixga ilgan. U maʼmuriy lavozimda "Milan"da ishlagan boʻlsa-da, 2023-yilning yozida ishdan boʻshatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.