date

Maldini: "Konte bosim ostida tugʻilgan"


Italiya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq himoyachisi Paolo Maldini oʻzining sobiq jamoadoshi, hozirda "Napoli" bosh murabbiyi boʻlgan Antonio Konte haqida oʻz fikrini bildirdi. Ayni paytda Konte jamoasi inqirozga yuz tutmoqda.

"Albatta, bosim bor, ammo Konte bosim ostida tugʻilgan inson. U hayotning sinovlariga shunday javob beradi, bu uning uslubi", — deydi Maldini pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Antonio Konte 2024-yilning yozida "Napoli" boshqaruviga kelib, jamoani birinchi mavsumdayoq Italiya chempionligiga olib chiqdi. Bungacha u Turinning "Yuventus" va Milanning "Inter" klublari bilan ham skudetto yutgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maldini: "Konte bosim ostida tugʻilgan"