date

Arsenal futbolchisi yanvargacha maydonga tusha olmasligi mumkin


Arsenal jamoasi muhim futbolchisining jarohati tufayli xavotirda. Bir necha kun avval Braziliya terma jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvida markaziy himoyachi Gabriel jarohat olgan edi.

BBC xabariga koʻra, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Gabrielning tiklanishi uchun kamida toʻrt hafta vaqt talab etiladi. Ehtimol, braziliyalik futbolchi yanvargacha maydonga tusha olmasligi ham mumkin.

Yaqin kunlarda futbolchining qoʻshimcha tibbiy koʻrikdan oʻtishi natijasida aniqroq maʼlumotlar eʼlon qilinadi. 2025/2026 mavsumida Gabriel Arsenal safida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, ikki gol urdi hamda jamoadoshlariga uch bor golli pas uzatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal futbolchisi yanvargacha maydonga tusha olmasligi mumkin