date

Kroos: Vinisius raqiblarni asabiylashtirishi mumkin


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos o‘z vaqtida jamoadoshi Vinisius Junior bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirdi. Ma’lumki, braziliyalik futbolchi ko‘pincha o‘zining provokatsion xatti-harakatlari uchun tanqid qilinadi.

"Men Vinisiusga bir necha marta bunday harakatlarni bas qilishini aytganman. Chunki uning xatti-harakatlari tufayli jamoa zarar ko‘rayotgandek tuyulardi.

Men uni tushunaman, bu raqiblarni, hakamlarni yoki tomoshabinlarni asabiylashtirishi mumkin. Bunday vaziyatlar jamoaga qarshi ishlashi mumkin.

Men ko‘p marta Vinisiusni maydonda tinchlantirishga harakat qilganman va unga: "Sen juda yaxshi futbolchisan, nega bunday qilish kerak?" deb aytganman," – dedi Kroos AS nashriga bergan intervyusida. "Real" ayni damda Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda va "Barselona"dan uch ochkoga oldinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kroos: Vinisius raqiblarni asabiylashtirishi mumkin