date

Filipp Lam: Kimmiхning ideal pozitsiyasi haqida


Bavariyaning sobiq mashhur futbolchisi Filipp Lam Yozua Kimmiх uchun eng maqbul pozitsiya haqida fikr bildirdi. 30 yoshli nemis futbolchisi Myunxen klubida yarim himoyada harakat qiladi, milliy terma jamoada esa ko'pincha himoyaning o'ng qanotida o'ynaydi.

"Yozua ikkala pozitsiyada ham a'lo darajada o'ynay olishini isbotladi. Bu ko'p jihatdan uning atrofidagi futbolchilarga va jamoada kimlar mavjudligiga ham bog'liq.

Shaxsan men uni ko'proq 'sakkizlik' pozitsiyasida ko'raman, uning yonida tayanch yarim himoyachi bo'lishi kerak. Agar men murabbiy bo'lganimda, Kimmiхni aynan shu tarzda joylashtirgan bo'lardim", – deydi Lamning so'zlarini Sport1 nashri keltirgan.

Shanba kuni Bavariya Bundesliganing 11-turi doirasida Frayburg jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Filipp Lam: Kimmiхning ideal pozitsiyasi haqida