
Madridning "Real" klubi darvozaboni Thibaut Kurtua "Barselona" hujumchisi Lamin Yamal bilan boʻlgan vaziyat haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Belgiyalik darvozabon oktyabr oyida boʻlib oʻtgan "El-Klasiko" uchrashuvidan soʻng 18 yoshli vinger bilan tortishib qolgandi.
Ushbu oʻyinda "Qirollik klubi" 2:1 hisobida gʻalaba qozongan edi. "Bu "El-Klasiko", unda adrenalinning yuqori boʻlishi tabiiy.
Baʼzan oʻzingni tutolmaysan va oʻylamasdan gapirib qoʻyasan. Men Yamalning Karvahal bilan tortishayotganini koʻrdim va vaziyatga aralashmaslikning iloji boʻlmadi.
Ammo bu holat maydonda tugadi. Lamin bilan hech qanday muammo yoʻq deb oʻylayman.
Agar uni ertaga restoranda uchratib qolsam, albatta salomlashaman", – dedi Kurtua ispan OAViga bergan intervyusida. "Real" hozirgi La Liga mavsumida 12 turdan soʻng "Barselona"dan uch ochko oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.