date

Aleksandr Golovin kundalik rejasi haqida soʻzladi


Markaziy yarim himoyachi, "Monako" va Rossiya terma jamoasi oʻyinchisi Aleksandr Golovin Fransiyadagi kundalik rejasi haqida maʼlumot berdi. Golovinning soʻzlariga koʻra, u har kuni bir xil rejimga amal qiladi: "Avvalo uygʻonaman, tishlarimni tozalayman, bazaga yoʻl olaman.

U yerda nonushta qilaman, keyin taktika boʻyicha nazariy mashgʻulotlarni oʻrganaman, shundan soʻng mashgʻulot oʻtkazaman. Mashgʻulotdan keyin bazada tushlik qilaman va uyga qaytaman.

Uyda esa kamida 30-40 daqiqa uxlashga harakat qilaman. Shundan keyin esa oʻz ishimni zavq bilan davom ettiraman", - deydi futbolchi "Match TV" efirida.

Aleksandr Golovin 2018 yildan beri "Monako" safida oʻynab kelmoqda. 29 yoshli yarim himoyachi hozirga qadar jamoa tarkibida 241 ta oʻyinda maydonga tushib, 36 ta gol urgan va 40 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

Uning "Monako" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Golovin kundalik rejasi haqida soʻzladi