
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Kilian Mbappening hozirgi mavsumdagi o'zgarishlari haqida fikr bildirdi. Belgiyalik posbonning ta'kidlashicha, Mbappe klubga kelgan ilk mavsumida yangi jamoaga moslashish bilan band bo'lgan.
Ammo hozirda u o'zini to'liq namoyon qilib, jamoaning yetakchisiga aylangan. "Bu mavsumda Mbappening kayfiyati butunlay boshqacha – u g'olib mentalitetini ko'rsatmoqda.
Barchaga ayonki, u jamoamizning yetakchisiga aylandi. O'tgan mavsumda u yangi jamoa va o'zining maydondagi roli bilan bog'liq qiyinchiliklarni boshdan kechirgan edi, ammo endi u bizni ortidan yetaklamoqda", – dedi Kurtua Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.
Yakshanba kuni "qirollik klubi" La Liganing 13-turida safarda "Elche"ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.