
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Liverpul" klubi futbolchisi Federiko Kyeza terma jamoaga qaytishi bo'yicha savolga javob berdi. Avvalroq Kyeza milliy jamoa chaqiruvlarini rad etib kelgan edi.
"Kyezaning muammosini bilasiz. Siz har doim bir xil savolni berasiz.
Men har yigʻin uchun Kyezani chaqiraman, u bilan har doim gaplashaman. Muammo Gattuzo yoki uning shtabida emas – muammo Kyezada, bizda emas.
Buni juda yaxshi bilasiz. Bir xil savolni soʻraysiz, men esa har safar bir xil javobni beraman", – dedi Gattuzo Sky Sportga intervyusida.
Jahon chempionatiga yoʻllanma olish uchun oʻtkaziladigan pley-off oʻyinlari yarim finalida Italiya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyani qabul qiladi. Agar "Skuadra Adzurra" gʻalaba qozonsa, safarda Uels va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi gʻolib bilan kuch sinashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.