
Yuventus hujumchisi Kenan Yildiz boshqa klublarning diqqat markazida qolmoqda. Mashhur turkiyalik futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorge Mendesh yaqinda Londonning "Arsenal" klubi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida Indykaila News Italiyadagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Mazkur uchrashuv Turin shahrida boʻlib oʻtgan va unda 20 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi muhokama qilingan. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Kenan Yildizning narxi 75 million yevroga baholangan boʻlib, uning "Qariya sinyora" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha imzolangan.
Yildizni oʻz safiga qoʻshib olish istagini bildirgan boshqa yirik klublar orasida "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", Madridning "Real"i va boshqa Yevropa grandlari ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.