
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumda Angliya chempionligi uchun kurash haqida fikr bildirdi. "Hozir faqat noyabr, noyabr oyida bu ligada hech narsa hal bo'lmaydi.
Fevralda, martda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Juda ehtiyotkor bo'lish kerak.
Endi mavsumning haqiqiy boshlanishi. Noyabr oyidagi xalqaro tanaffus tugadi – endi har uch-to'rt kunda o'yinlar o'tkaziladi.
Asosiy narsa – yuqori o'rinlarga yaqin turishni davom ettirish va mavsum oxiriga borib chempionlik uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolish. Ertaga biz muhim qadam tashlashimiz mumkin, agar g'alaba qozonsak," – dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Manchester Siti APL jadvalida ikkinchi pog'onani egallab turibdi. Arsenalning ulardan to'rt ochkoga ko'p afzalligi bor.
Shanba kuni Manchester Siti safarda Nyukaslga qarshi o'yin o'tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.