date

Montella: "Turkiya finalda bo'lishini istayman"


Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenzo Montella Jahon chempionati pley-off o‘yinlari qur’asidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning shogirdlari yarim finalda Ruminiya bilan o‘ynaydi, ushbu juftlik g‘olibi esa keyingi bosqichda Kosovo yoki Slovakiya bilan to‘qnash keladi.

Montella Slovakiya yoki Kosovodan qaysi biri bilan finalda o‘ynashni afzal ko‘rishini aniq aytmagan. "Biz guruh bosqichida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va yaxshi natijalarga erishdik.

Endi butun e'tiborimizni pley-offga qaratganmiz, finalga chiqishni istaymiz", – dedi u. "Slovakiyaning murabbiyi italiyalik mutaxassis, men uni yaxshi bilaman.

U juda yaxshi murabbiy va Slovakiya jamoasi ham kuchli. Ular odatda o‘zlariga ishonishadi va jamoaviy o‘yin ko‘rsatishadi.

Qaysi raqibni afzal ko‘rishimni bilmayman, lekin Turkiya finalda bo‘lishini xohlayman", – deya qo'shimcha qildi Montella. Yarim final o‘yinlari 26-mart kuni, final esa 2026-yilning 31-mart sanasiga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Montella: "Turkiya finalda bo'lishini istayman"