
Transfer bozoridagi qiziq yangiliklar. "El Nacional" nashriga asoslanib, "Transfer News Live" xabar beradi: "Barselona" yarim himoyachisi Gavi, tizzasidan olgan jarohatiga qaramasdan, "PSJ"ning qiziqish maydonida qolmoqda.
Futbolchi qish oxiriga yaqin yoki undan ham kechroq safga qaytishi kutilmoqda. Manbaga koʻra, "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Gavini oʻz tizimida asosiy futbolchi sifatida koʻrmoqda va ushbu futbolchiga katta qiziqish bildirgan.
Ammo "Barselona" prezidenti Joan Laporta Gavini qoʻyib yuborish niyatida emas. Klub rahbarining taʼkidlashicha, tarbiyalanuvchini faqat tovon puli – 1 milliard yevro evaziga qoʻlga kiritish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.