date

Liverpul MYU transferini buzmoqchi


Nottingem Forest yarim himoyachisi Elliot Anderson boshqa Angliya Premer-ligasi klubiga oʻtishi mumkin. Team Talk xabariga koʻra, 23 yoshli futbolchiga Liverpul jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Mersisayd klubi futbolchini transfer qilishga qatʼiy qaror qilgan. Shu bilan birga, oʻrmonchilar oʻz yulduzlarini sotishdan 120 million funt (136 million yevro) daromad olishni rejalashtirishmoqda.

Anderson bilan Manchester Yunayted ham qiziqmoqda, biroq futbolchining oʻzi koʻproq "qizil iblislar" safiga qoʻshilishga moyillik bildirmoqda. Yarim himoyachi oʻtgan yilning yozida Nottingem klubi safiga qoʻshilib, besh yillik shartnoma imzolagan edi.

Joriy Angliya chempionati mavsumida Anderson 11 ta oʻyinda maydonga tushib, birta gol va birta golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul MYU transferini buzmoqchi