Kyellini: Spaletti bilan katta umidlar bogʻlangan

Kyellini: Spaletti bilan katta umidlar bogʻlangan
Turinning "Yuventus" jamoasi va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jorjo Kyellini klubdagi murabbiy oʻzgarishi haqida fikr bildirdi. Igor Tudor oʻrniga (hozirgi A Seriya mavsumida xorvatiyalik murabbiylarning omadi kelgani yoʻq) Lukano Spaletti tayinlandi.

Kyellini bu oʻzgarishdan katta umidlar kutayotganini taʼkidladi. "Biz Spalettidan koʻp narsalarni kutamiz, chunki u avvalgi jamoalarida doimo muvaffaqiyatga erishgan.

Hech kim undan imkonsiz narsalarni talab qilmayapti. Yaxshisi, u ikki hafta davomida jamoa bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻldi", - deydi Kyellini, uning soʻzlarini Juvenews.eu nashri keltirdi.

Shunga qaramasdan, "Yuventus" jamoasi "Fiorentina"ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozona olmadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar