date

Barselona – Atletik: tarixiy o‘yin tafsilotlari

Barselona – Atletik: tarixiy o‘yin tafsilotlari
Shanba kuni "Barselona" yangilangan "Kamp Nou" stadionida birinchi oʻyinini oʻtkazdi. Stadionda rekonstruksiya ishlari davom etayotganligi sababli, tribunalar sigʻimi cheklangan holda foydalanilmoqda.

La Liga doirasidagi "Atletik"ga qarshi oʻyinda "Barselona" 5-daqiqadayoq hisobni ochdi. Gol muallifi hujumchi Robert Levandovski boʻldi.

Polshalik futbolchi jarima maydonchasining chap tomonidan darvozaning yaqin burchagiga aniq zarba yoʻlladi. Mehmonlar darvozaboni bu vaziyatda unchalik ishonchli oʻynamadi va toʻp toʻrda joy oldi.

La Liga doirasida "Barselona" va "Atletik" oʻrtasidagi oʻyinning barcha tafsilotlarini LiveResult portalining matnli translyatsiyasidan kuzatishingiz mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona – Atletik: tarixiy o‘yin tafsilotlari