date

Arsenal yulduz futbolchini sotib olmaydi


Londonning "Arsenal" klubi "Bornmut" hujumchisi Antuan Semenyoni yanvar oyidagi transfer davrida sotib olish uchun kurashmoqchi emas. "Kanonirlar" futbolchining asosiy daʼvogarlaridan biri sifatida tilga olingan edi.

Ammo jurnalist Rayan Teylorning xabariga koʻra, London klubi Semenyoning shartnomasida koʻrsatilgan 65 million funt sterling (taxminan 74 million yevro) miqdoridagi tovon pulini toʻlashni maqsad qilmagan. Chunki jamoada bu pozitsiyada allaqachon Bukayo Saka va Nonni Madueke kabi futbolchilar mavjud.

Manbalarga koʻra, "Arsenal" qishda katta transferlar amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Bugun Mikel Arteta jamoasi Angliya Premer-ligasi doirasida oʻz maydonida "Tottenhem"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal yulduz futbolchini sotib olmaydi