date

Chelsi va Tottenxem Nikoni qoʻlga kiritmoqchi


Chelsi va Tottenxem klublari transfer bozorida Ispaniya terma jamoasi yulduzi, Atletik Bilbaoning 23 yoshli vingeri Niko Uilyams uchun kurashadi. Fichajes nashrining xabariga koʻra, London jamoalari Uilyamsni oʻz tarkiblarida koʻrishni xohlamoqda va uning transferi uchun 70 million yevro taklif qilishga tayyor.

Bu miqdor Transfermarkt portali tomonidan futbolchiga berilgan bahoga mos keladi. Oʻtgan yozda Uilyamsning Barselonaga oʻtishi haqidagi mish-mishlar keng tarqalgan edi, biroq futbolchi 2035 yilning oʻrtasigacha moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolab, Atletikda qolishga qaror qildi.

2025/2026 yilgi mavsumda Uilyams 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga uzatma berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi va Tottenxem Nikoni qoʻlga kiritmoqchi