Real Vitinyani 150 mln yevroga sotib olishi mumkin

Portugaliya terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Vitinya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Madridning "Real" klubi ushbu futbolchini transfer qilishga qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" rahbariyati futbolchi uchun taxminan 150 million yevro taklif qilishga tayyor.
"Real" Vitinyada jamoa o‘yinini kuchaytirish uchun katta imkoniyat ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 2025-yilda "Oltin to‘p" sovrini uchun ovoz berishda uchinchi o‘rinni egallagan edi.
Vitinyaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha amal qiladi. Uning transfer bozoridagi narxi 90 million yevroga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing