
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior bilan shartnomasini uzaytirishga toʻliq kelishuvga erishdi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, yangi shartnoma uzoq muddatga moʻljallangan boʻlib, hozircha aniq tafsilotlar oshkor qilinmagan. Vinisius klubda baxtli ekanini va hech qachon ketishni oʻylamaganini taʼkidlagan.
"Real" rahbariyati braziliyalik futbolchini oʻzining asosiy aktivlaridan biri sifatida koʻrmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli Vinisius barcha musobaqalarda 16 oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.