Niko Uilyams: "Barselona bizga imkon bermadi"

Atletik Bilbao jamoasining hujumchisi Niko Uilyams La Liga doirasida Barselonaga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 13-tur uchrashuvida basklar "ko'k-anorranglilar"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Bellashuv "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tdi. "Barselona 'Kamp Nou'ga qaytganda, xuddi bu stadionni hech qachon tark etmagandek edi...
To'rt to'p farqi bilan mag'lubiyat juda og'ir va alamli bo'ldi, chunki bizga nafas rostlash uchun ham imkon berilmadi. 'Kamp Nou'dagi atmosfera haqiqatan ham hayratomuz edi", — dedi Uilyams jurnalistlarga.
La Liganing keyingi turida "Barselona" o'z maydonida "Alaves"ni qabul qiladi, "Atletik" esa safarda "Levante" bilan kuch sinashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing